loyiha haqida / aloqa registratsiya / kirish
So'nggi yangiliklar
25.05.2008, 21:14
Kivu: "Bu - ikki buyuk jamoaning to'qnashuvi bo'ldi"
Kristian Kivu o'tgan mavsum aynan "Roma" safida "Inter"ga qarshi maydonga tushib, Italiya Kubogida g'alaba qozongandi. Afsuski, hozircha ruminiyalik hozirgi jamoasi tarkibida bu natijani qaytara olmadi.

Uchrashuvdan keyin u shunday dedi: "Bu - Italiyaning ikki eng kuchli jamoalari to'qnashuvi edi. Biz oldimizga qo'yilgan asosiy maqsadimizni amalga oshirib, skudettoni qo'lga kiritdik, ular esa Italiya Kubogi hamda Superkubogida g'alaba qozonib, o'z kuchlarini namoyish etishdi".

"Shunisi aniqki, biz mavsumni so'nggi daqiqalarigacha faqat g'alaba uchun to'p surgan ajoyib uchrashuv bilan yakunladik. Murabbiyimiz Roberto Manchini barchamizga yaxshi hordiq chiqarishni va Euro-2008da terma jamoa safida omadli ishtirokni tilab qoldi", - deb qo'shimcha qildi Kristian.


YANGILIKLARGA O'Z FIKRINGIZNI BILDIRISH UCHUN REGISTRATSIYADAN O'TISHINGIZ LOZIM
[ REGISTRATSIYA | KIRISIH ]
SO'NGGI YANGILIKLAR
© nerazzurri.vo.uz
© dizayn: nerazzurri.vo.uz
© copyright 2007-2008