loyiha haqida / aloqa registratsiya / kirish
So'nggi yangiliklar
20.09.2008, 21:02
Ernan Krespo: "Yanvargacha "Inter"da qolaman"
"Inter"ning argentinalik hujumchisi Ernan Krespo jamoada qolish-qolmasligi masalasida fikr bildirib, o'z kelajagi haqida yanvarda qaror qabul qilishini ma'lum qildi.



"Jamoadagi ishlarim qanday ketishiga qaraymiz. Hozircha yanvarga qadar kutishga qaror qildim. Hech kim menga Chempionlar Ligasidagi jamoa tarkibi kirmasligim haqida aytmadi.



Albatta, "Inter"da qolib, shu yerda o'ynashni xohlardim, lekin men boshqa jamoada ham o'ynashim mumkin. Asosiy hujumchi bo'lishni xohlayman! Ayni vaqtdagi eng dahshatlisi, menga hech kim nima uchun maydonga tushmayotganligimni tushuntirib bermayapti.



Janubiy Afrikada bo'lib o'tadigan Jahon Chempionatida qatnashmoqchiman. Milliy terma jamoa safidan o'rin olish uchun menda tahminan bir yilcha vaqt qoldi, bu esa katta muddat emas. Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Basile meni yig'inlarga jalb qilmayapti, chunki men umuman o'ynamayapman", - Kresponing so'zlaridan iqtibos keltirmoqda SKY Sports.


1 Христофор  
0
Довольно интересный материал.

YANGILIKLARGA O'Z FIKRINGIZNI BILDIRISH UCHUN REGISTRATSIYADAN O'TISHINGIZ LOZIM
[ REGISTRATSIYA | KIRISIH ]
SO'NGGI YANGILIKLAR
© nerazzurri.vo.uz
© dizayn: nerazzurri.vo.uz
© copyright 2007-2008