loyiha haqida / aloqa registratsiya / kirish
So'nggi yangiliklar
18.10.2007
Rejina – Inter: Modesto maydonga tushmaydi
“Inter” 20-oktabr kuni 8-tur doirasida Rejio di’Kalabrioga safar qilib, “Rejina” uyida mehmon bo’ladi. Shu kuni mezbonlardan Modesto diskvalifikatsiyasi sabab, jamoadoshlariga yordam bera olmasa, Lanzaroning bitta sariq kartochkasi bor. “Nerazzurri”larda esa hozircha bundayin muammolar yo’q.
To'liq tafsilot (0)

18.10.2007
“Jenoa”ga qarshi uchrashuvda “Inter” ishqibozlari tribunasi yopiq bo’ladi
Italiya Futbol Ligasi tartib-intizom qo’mitasi qaroriga ko’ra, A seriyaning 10-turidan o’rin olgan “Jenoa”ga qarshi keyingi uy uchrashuvida “Inter”ning ishqibozlari uchun ajratilgan tribunalar ochilmaydi. Bunga sabab, “Napoli” bo’lib o’tgan bahsda “Inter” ishqibozlari tomonidan namoyish etilgan bir qator yomon bannerlardir, deb xabar beradi Channel4.
To'liq tafsilot (0)

18.10.2007
Suazo bir uchrashuvga chetlatildi
UEFA tartib-intizom qo’mitasi qaroriga ko’ra, “Inter”ning gonduraslik hujumchisi David Suazo jamoaning navbatdagi yevrokubok o’yinida qatnasha olmaydi. 27 yoshli hujumchi PSVga qarshi uchrashuvdagi qo’polligi uchun uch uchrashuvga ham chetlatilishi mumkin edi, ammo UEFA tartib-intizom qo’mitasi uning harakatlarida zarar yetkazish niyati bo’lmagan deb hisobladi.
To'liq tafsilot (0)

18.10.2007
Zlatan Ibragimovich: FIFA tanlovidan hafsalam pir bo’ldi
Xabaringiz bor, o’tgan hafta FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro’yhatini e’lon qildi. “Inter” hujumchisi Zlatan Ibragimovich FIFA uni da’vogarlar safiga qo’shmaganidan ranjiganini tan oldi.
To'liq tafsilot (0)

14.10.2007
“Inter” futbolchilari terma jamoalari ixtiyoriga jo’nab ketishdi
“Inter”ning sakkiz nafar o’yinchisi JCh-2010 va Euro-2008 saralash uchrashuvlarida qatnashish uchun o’z terma jamoalari ixtiyoriga jo’nab ketishdi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:
To'liq tafsilot (0)

14.10.2007
“Inter” “Torino”ning ikki o’yinchisiga qiziqish bildirmoqda
“Torino” himoyachilar – Simone Barone hamda Matteo Rubinlar “Inter” qiziqishlari doirasiga kirib qolishgan. Xabaringiz bor, yanvarda Olivye Dakurning “Lion”ga o’tib ketish ehtimoli bor. Roberto Manchinining yoqimtoy futbolchilaridan biri hisoblangan Simone Barone aynan fransuzning o’rnini bosishi tahmin qilinmoqda.
To'liq tafsilot (0)

14.10.2007
“Inter” “ikkinchi Zidan”ga qiziqish bildirmoqda
“Inter” Fransiyaning Monako jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Jeremi Menezga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Channel4. Fransiyada ushbu futbolchini “ikkinchi Zidan” deb atashmoqda. Menez Fransiya 1-Ligasida bir uchrashuvda xet-trikka erishgan va bir golli pas oshirgan eng yosh o’yinchi hisoblanadi.
To'liq tafsilot (1)

10.08.2007
Anri va Eto'Olar "Inter"ga kelisharmikin?
Italiya chempioni "Inter" "Arsenal"ga o'zining braziliyalik hujumchisi Adrianoni Tyerri Anriga almashtirishni taklif qildi. Bundan tashqari Zlatan Ibragimovich ham "Inter"ni tark etishi mumkin. "Nerazzurilar" shved yulduzining o'rniga "Barselona"ning kamerunlik hujumchisi Samuel Eto'Oni olib kelishga tayyor turishibdi.
To'liq tafsilot (0)

« 1 2 3 4
© nerazzurri.vo.uz
© dizayn: nerazzurri.vo.uz
© copyright 2007-2008